Yangiliklar
Aziz fuqarolar, hurmatli isteʼmolchilar! Eʼtiborli bo‘ling!
  • 01.07.2024
  • 106

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qaroriga muvofiq 110–220 va 500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlarining muhofaza zonalarida ekologik zarar va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan biron-bir harakatni sodir etmaslik yuzasidan tushuntirish, targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
 
Eslatib o‘tamiz, Qarorning 2-bob, 15-bandida yozilganidek:
 
v) … elektr uzatish havo liniyalari muhofaza zonasi doirasida, shuningdek, elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonalarida olov yoqish; d) axlatxonalarni joylashtirish taqiqlanadi .
 
▶️ Batafsil
 
Eʼtiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari foydalanish (ekin) maydoni muhofaza zonasiga tutash bo‘lgan fuqarolarga (yuridik va jismonish shaxs vakillariga) OGOHLANTIRISH XATI taqdim etib, tegishli tartibda tushuntirish ishlarini olib borishmoqda.

Axborot xizmati

>