Yangiliklar
D.A.Isaqulov. «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi: 2024-yil 28-iyun, soat 17:00
  • 28.06.2024
  • 157

Ma’lumot o‘rnida: Aksiyadorlik jamiyati asosan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga transportirovka qilish va davlatlararo tranzitni amalga oshirish, elektr energiyasi eksport va import amaliyotlarini bajarish, shuningdek, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarda qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, ta’mirlash-sozlash kabi ishlarni bajaradi.

Bugun, 2024-yil 28-iyun kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ katta majlislar zalida Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov hamda yoshlar o‘rtasida “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Aksiyadorlik jamiyati tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

 Uchrashuvda O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Dadajon Isaqulov barcha yoshlarni yaqinlashib kelayotgan 30 iyun – “Yoshlar kuni” sanasi bilan tabriklab, so‘nggi yillarda mamlakatimizda, Davlatimiz rahbari boshchiligida, amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan energetika sohasi, elektr energetika tarmog‘idagi yangiliklar, shuningdek, barcha sohalarda yoshlarning rolini oshirish, ularga imkoniyatlar, yaxshi mehnat va karyera sharoitlarini yaratib berish bo‘yicha tizimli ish olib borilayotganini alohida taʼkidladi.

Yoshlar siyosati davlat dasturlari yuzasidan qator huquqiy-normativ hujjatlar qabul qilinayotgani, iqtisodiyot tarmoqlari rivojida yoshlarning o‘rni nihoyatda muhim ekanini qayd etdi.

Uchrashuvda, shuningdek, energetika tizimida yoshlar siyosatiga oid amalga vazifalar haqida maʼlumot berildi.

Xususan, bugungi kunda Aksiyadorlik jamiyati tizimida umumiy hisobda
4500 nafardan ziyodishchi-xodimlar mehnat faoliyati yuritayotgan bo‘lsa, ularning 1035 nafari yoshlardaniborat. 1035 nafar yoshlarning 207 nafariayollar bo‘lib,
828 nafarierkaklardan tarkib topgan. O‘rta bo‘g‘in rahbarlik lavozimlarida ishlayotgan 33 nafaryoshlardan 26 nafarini erkaklar, 7 nafarini ayollar tashkil qiladi.

Yosh mutaxassislarning bilim-saviyasi hamda mehnat malakasini oshirish maqsadida xorij mamlakatlariga xizmat safarlari tashkil etilgan, yoshlar taʼlim olishi uchun nufuzli oliy taʼlim muassasalariga yuborilmoqda. Misol uchun, 2023-yilning o‘zida 20 nafar xodim xorijda tayyorlov va qayta tayyorlov kurslarida malaka oshirgan.

Uchrashuvda, shuningdek, so‘nggi yillarda energetika sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangi qurilayotgan yirik quvvatli issiqlik, quyosh va shamol elektr stansiyalarini barpo etish bo‘yicha bir qator investitsion loyihalar bajarilayotgani alohida taʼkidlandi.

Shu bilan birga, istiqboldagi rejalar ham alohida qayd etilib, bu ishlarni amalga oshirishda yoshlar, xususan yosh muhandis va texnik xodimlarning bilim-saviyasi yuksak bo‘lishi lozimligi taʼkidlandi.

Uchrashuvda yosh xodimlarning sohada olib borayotgan ilmiy ishlari va tadqiqotlari, amaliyotga tatbiq etilishi zarur bo‘lgan innovatsion g‘oyalari, turli muammolar hamda ularning yechimlari haqida so‘z yuritildi, yoshlar Dadajon Aynaqulovichga o‘zlarining qator takliflarini bildirdilar.

Muloqotda yosh mutaxassislarning yangi loyihalari, tizimda yo‘lga qo‘yilishi kerak, deb hisoblangan taklif va tashabbuslari tinglandi. Innovatsion ishlanmalar, raqamli dasturlar yaratishga bo‘lgan harakatlar qo‘llab-quvvatlanayotgani maʼlum qilindi.

Uchrashuv so‘nggida Dadajon Aynaqulovich OAV vakillari savollariga javob berib, Aksiyadorlik jamiyati Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faoliyatiga baho berdi, yosh muhandislarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi.

«O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATINING ELEKTRON MANZILLARINI KUZATIB BORING!

 

‖ Veb-sahifa: https://www.uzbekistonmet.uz/

‖ Telegram: http://t.me/uzmetaxborotxizmati

‖ Facebook: https://www.facebook.com/elektrtarmoq

‖ Instagram: https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz

‖ Twitter: https://twitter.com/uzbekistonmet

‖ Odnoklassniki: https://ok.ru/group/61026265792660

‖ Utube: https://utube.uz/ru/users/7208

‖ Youtube https://www.youtube.com/channel/UC6cRpsasTIKnReaCXXqccdg

‖ VIDEODARSLAR VA TEST-SINOV MASHG‘ULOTLARI: https://t.me/+Pz1qHR0W8mYzNmZi

‖ Korrupsiyaga qarshi kurashish: https://t.me/+qCweNscaSEhlNGM6

 

Elektron pochta: info@uzbekistonmet.uz   

E-xat: uzbekiston_met@exat.uz

☎️ Call centre raqami: +998 (55) 500-5545 

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>