Uchrashuvda «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali bosh muhandisi B.I.Negmatullayev so‘zga chiqib, yurtboshimmiz Shavkat Mirziyoyev o‘z ma’ruzalarida O‘zbekiston yoshlari aytgan so‘zlarini o‘qib eshittirildi. Davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish hamda yosh energetiklarning kasbiy malakasini oshirish, chet tillari va IT sohalarini mukammal o‘rganish yuzasidan tavsiyalar berilib, ularni texnik-muhandislik yo‘nalishida yangi g‘oyalar, innovatsiyon ishlanmalar yaratishga chaqirdi. Shu bilan birga, yoshlarning o‘z takliflariga va mavjud muammolariga yechim topish, ularni ijobiy hal qilishga oid savol-javoblardan iborat davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida suv sportiga qiziqadigan bir qator yosh xodimlarga suv sport saroylariga borishlari uchun to‘lov summasining ma’lum bir miqdorida Filialimiz kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan to‘lovlar amalga oshirib berildi.
Tadbir davomida Filial yoshlari yetakchisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi «O‘zbekiston–2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida PF-37-son farmoni 85-bandi ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.
✍️ «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali yoshlari yetakchisi
Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati