Yangiliklar
Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida avariyaviy holatlarga qarshi o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda
  • 26.06.2024
  • 197

⚡️ Avval xabar berganimizdek, yuqori kuchlanishli podstansiya hamda elektr tarmoqlarining navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari davom ettirilmoqda. «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruv raisi D.A.Isaqulov tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda mavjud elektr qurilma va jihozlar belgilangan tartibda navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda. Aniqlangan kamchiliklar tezkor tartibda bartaraf etilmoqda.

⚡️ Shu bilan birga, elektr uzatish tarmoqlarida avariyaviy holatlarga qarshi o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

E’tiboringizga havola etilayotgan fotolavhalar «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi 500 kV kuchlanishli liniyada o‘tkazilgan mashg’ulotlar davomida olingan.

Facebook  ‖ Instagram YouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>