Yoshlar siyosati
«Qoraqalpog‘iston MET» filialida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
  • 26.06.2024
  • 53

30-iyun — «Yoshlar kuni» munosabati bilan tashkil etilgan uchrashuvda «Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari» filiali kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti raisi A.Shalbartayeva so‘zga chiqib, «O‘zbekiston–2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘grisida PF-37-son Prezident farmoni ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.

Tadbir davomida yoshlarning mavjud muammolariga yechim topish, ularni ijobiy hal qilishga oid savol-javoblardan iborat davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Yosh energetiklarning sport musobaqallaridagi faol ishtiroki alohida e‘tirof etildi.

Facebook  ‖ Instagram YouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>