Yangiliklar
30-iyun — Yoshlar kuni: VAZIR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
  • 24.06.2024
  • 93

⚡️ Poytaxtimizning «Yoshlar ijod saroyi» majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov energetika tizimida mehnat faoliyatini yuritayotgan yoshlar bilan uchrashdi.

Energetika vaziri barcha yoshlarni yaqinlashib kelayotgan 30-iyun — Yoshlar kuni bilan tabriklar ekan, so‘nggi yillarda mamlakatimizda, Prezidentimiz boshchiligida, barcha soha va tarmoqlarda yoshlarning rolini oshirish, ularga imkoniyatlar, yaxshi sharoitlar yaratib berish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, muloqot chog‘ida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida faoliyat yuritayotgan yoshlar ishtirok etishdi. Yoshlar o‘zlarining qator takliflari, turli muammolari hamda ularning yechimlari va qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

✍️ Azizbek Botirov,  “O‘zbekiston MET” AJ yoshlari yetakchisi

Veb-sahifaFacebookYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>