Yangiliklar
“O'zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o'tishda milliy shaffoflik tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-213-son, 05.06.2024 y.) qabul qilindi
  • 07.06.2024
  • 154

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Qarorga ko'ra, O'zbekistonda “yashil” iqtisodiyotga o'tish choralarini muvofiqlashtirish bo'yicha idoralararo kengashga issiqxona gazlarining xatlovi bo'yicha quyidagi qo'shimcha vazifalar yuklandi:

issiqxona gazlari xatlovi hisobotini tasdiqlash;

♦ xatlov tizimining ichki qoidalarini tasdiqlash va yangilab borish;

issiqxona gazlari ajratmalarini kamaytirish faoliyatini muvofiqlashtirish;

♦ xatlov tizimi ishtirokchilarining salohiyatini oshirish choralarini ko'rish.

2024-yil 1-dekabrgacha milliy shaffoflik tizimi onlayn platformasi (onlayn platforma) ishga tushirilishi va uning “Yashil” iqtisodiyot onlayn platformasiga integratsiya qilinishi ta'minlanadi.

✔️2025-yil 1-yanvargacha tajriba-sinov tariqasida muayyan soha, hudud va korxonalarda issiqxona gazlari ajratmalari xatlovdan o'tkazilishi ta'minlanadi.

❕Bunda onlayn platformaning faoliyati Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Yashil” iqtisodiyot loyihalari markazi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Manba: https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7502

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>