Yangiliklar
Online: Ayni paytda MDH davlatlari Elektroenergiya Kengashining 64-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
  • 06.06.2024
  • 160

⚡️ Avval xabar berganimizdek, XXVII Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasidagi tadbirlarda MDH davlatlari Elektroenergiya Kengashining 64-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi hamda Aksiyadorlik jamiyatidan mutaxassislar ishtirok etishmoqda.

Kengashining 64-yig‘ilishi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlaridan energetika sohasi, xususan elektr energetika tarmog‘i tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislar bevosita, shuningdek videokonferens aloqa vositasi yordamida ishtirok etishmoqda.

Eʼtiboringizga kun tartibiga qo‘yilgan masalalar mavzusini taqdim etamiz:

Kengash ishida «Elektr energetika tarmog‘i rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari, integratsiyaning afzalliklari. Sanoat salohiyati»; «Yirik shaharlar va shahar aglomeratsiyalarini energiya bilan taʼminlashni rivojlantirishning hozirgi tendensiyalari»; «Mamlakatlar va alohida kompaniyalarning iqlim bo‘yicha majburiyatlarini bajarish uchun atom energiyasining salohiyati»; «Gidroinshootlar suv omborlarining assimilyatsiya qilish qobiliyatini o‘rganish. MDH mamlakatlarida xalqaro mezonlariga muvofiqligini baholash tizimi joriy etish bo‘yicha standartlar»; «Iqlim xavfi: Aniqlash, baholash va moslashtirish choralari» va «MDH davlatlari elektr energetika tarmog‘ida turli iqlim sharoiti va mavsumlariga tayyorgarlik. Muammo va yechimlar» kabi mavzularda maʼruza hamda muhokamalar bo‘lib o‘tmoqda.

 

http://energo-cis.ru/events/

 

Facebook  ‖ Instagram YouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>