Yangiliklar
XXVII Xalqaro Iqtisodiy Forum: Elektr energetika tarmog‘idagi va innovatsion ishlanmalar
  • 06.06.2024
  • 177

Sankt-Peterburg Xalqaro Iqtisodiy Forumi (SPXIF) iqtisod olamidagi nufuzli tadbir bo‘lib, u 1997-yildan beri o‘tkazilib kelinmoqda. O‘ziga xos muloqot maydoniga aylanib, iqtisodiy muammolarni muhokama qilish uchun dunyodagi yetakchi platformaga aylangan Forum ishi kecha boshlandi va u 4 kun davom etadi.

Bugun, 2024-yilning 6-iyun kuni dunyoning yetakchi kompaniyalari o‘rtasida tor doiradagi uchrashuvlar, Forum doirasidagi ko‘rgazma hamda innovatsion ishlanmalar taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda. Shuningdek, MDH davlatlari

Elektr energiya Kengashining 64-yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 136 ta mamlakatdan vakillar ishtirok etayotgan tadbirda, “Rosseti” kompaniyasi taklifiga binoan, «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov ham ishtirok etib, rossiyalik hamkorlar bilan elektr energetika sohasidagi innovatsion ishlanmalar bilan tanishmoqda.

Facebook  ‖ Instagram YouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>