Yangiliklar
Online: Magistral elektr tarmoqlari mutaxassislariga rossiyalik energetiklarning innovatsion ishlanmalari taqdim etilmoqda
  • 05.06.2024
  • 157

⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ishchi delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi elektr energetika tarmog‘ida faoliyat olib boruvchi korxona va tashkilotlar faoliyati, ularning innovatsion ishlanmalari bilan tanishmoqdalar.

Ayni paytda Ishchi guruh Moskva shahrida joylashgan “Elektrosetstroyproyekt” korxonasi mutaxassislari tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari tayanch ustunlarining foydalanish muddatini uzaytirish yuzasidan yangi ishlanmalar bilan tanishtirmoqda.

Videokonferensaloqa orqali o‘tkazilayotgan taqdimot tadbirida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati rahbariyati hamda Aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi Magistral elektr tarmoqlari filiallari mutaxassislari ham ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishmoqda.

Taqdimotda o‘zbekistonlik mutaxassislar ham rossiyalik mutaxassislarga o‘z tajribalari va yangi ishlanmalari haqida maʼlumot berib, o‘zaro bilim-tajriba almashmoqdalar.

Facebook  ‖ Instagram YouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>