Yangiliklar
XALQARO TAJRIBANI O‘RGANISH JARAYONI: “Energotek” kompaniyasi — Elektr uzatish tarmoqlari himoya qilish uchun innovatsion yechimlar yaratuvchisi
  • 03.06.2024
  • 69

Maʼlumki, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonining har bir jabhasida bo‘lgani kabi energetika sohasi, xususan elektr energetika tarmog‘ida ham xalqaro tajribani o‘rganish muhim sanaladi. Ayniqsa, elektr tarmoqlari va podstansiyalarni qurish, mavjudlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, shuningdek, ekspluatatsiya jarayonlarida (taʼmirlash-sozlash) yangi ishlanmalar, innovatsion dasturlarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish — energetiklar oldida turgan bugungi kun talablaridan biri.

⚡️ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasining bir qancha energetika tizim korxonalariga tashrif buyurib, ularning innovatsion ishlanmalari bilan tanishgan holda o‘zaro bilim-tajriba almashmoqda.  

⇒ Eʼtiboringizga Sankt-Peterburgdagi “Energotek” kompaniyasi faoliyatiga oid maʼlumotlarni taqdim etamiz:

♦ Energotek — kabel liniyalarini yotqizish va himoya qilish uchun polimer tizimlarini loyihalashtiruvchi va ishlab chiqaruvchi kompaniya. Korxonaning yangi ishlanmalari elektr uzatish liniyalarining ishonchliligi hamda tezkor xodimlarning mehnat xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi va elektr tarmoqlarining ekspluatatsion xarajatlarini kamaytiradi.

♦ Energotek mahsulotlari Rossiyaning Sankt-Peterburgdagi zavodida ishlab chiqariladi. Korxonada xomashyo va tayyor mahsulotlarning kiruvchi sifat nazoratini amalga oshiradigan sertifikatlangan laboratoriya mavjud.

♦ Ishlab chiqarish jarayonini yana-da samarali ko‘rsatkichga chiqarish maqsadida kompaniya mutaxassislari  avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish majmuasini yaratgan va mavjud resurslardan tejamkor foydalanish tamoyillarini amaliyotga tatbiq etishga erishgan.

♦ Kompaniya ProtestorFlex® brendi ostida maxsus issiqlikka chidamli himoya kabel quvurlarini ishlab chiqaradi. Kompaniya o‘zining ishlab chiqarish jarayonini yuqori kuchlanishli kabellar yo‘nalishiga ixtisoslashtirgan.

►  energotek.ru veb-sayti maʼlumotlaridan foydalanildi.

Facebook  ‖ Instagram YouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>