Yangiliklar
Turkiy tilli davlatlarda Axborot xizmatlari faoliyati qanday yo‘lga qo‘yilgan?
  • 28.05.2024
  • 49

“Axborot xizmatlari 2024: milliy va xorijiy tajriba” mavzucida qo‘shma o‘quv-seminari doirasida TDTga aʼzo mamlakatlarning Axborot xizmatlarini rivojlantirish borasida milliy tajribalar almashinuvi yuzasidan taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.

AOKA Axborot xizmatlari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Jasur Husanov O‘zbekistonda Axborot xizmatlari faoliyati bo‘yicha maʼlumotlarni taqdim etishda –

✔️  Axborot xizmatlari strukturasi: ularning faoliyatlarini tashkil etish, Axborot xizmatlari uchun tashkil etiladigan o‘quv kurslari;

✔️  Axborot xizmatlari faoliyatini tartibga soluvchi  meʼyoriy-huquqiy hujjatlar;

✔️  Matbuot kotiblari faoliyatini baholashda "Ochiqlik indeksi" mezonlari. Axborot xizmatlari faoliyatidadagi o‘zgarishlar haqida batafsil to‘xtaldi.

Qayd etilishicha, Axborot xizmatlari sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar soni 2019-yilda 433 nafar bo‘lgan bo‘lsa, 2024 yilda 1400 nafarga yetdi.

Respublika bo‘yicha umumiy hisobda tanqidga javob berish ko‘rsatkichi sezilarli darajada o‘sgan. 2019-yilda – 12 foiz, 2024-yilda – 90 foiz.

OAV da eʼlon qilinadigan maʼlumot manbalarining kamida 70 foizini axborot xizmati resurslari tashkil etadi.

Sessiya yig‘ilishida Ozarbayjon Respublikasi Mediani rivojlantirish agentligi Xalqaro aloqalar va hujjatlarni qayta ishlash departamenti boshlig‘i Rasim Bagirov axborot xizmatlari faoliyatini tubdan yaxshilash, ularning OAV bilan aloqalari to‘g‘risida maʼruza qildi.

So‘zining yakunida ishtirokchilarni joriy yilning 26-27-iyun kunlari Shusha shahrida bo‘lib o‘tadigan II "Global media-forumga" taklif qildi.

Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligi Axborot qo‘mitasi davlat organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Aqsholpan Marat,  Anadolu agentligining marketing va biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Erman Yuksel sohadagi so‘nggi yangiliklar, amalga oshirilayotgan ishlar va faoliyatlari borasida axborot berishdi.

 

Manba: https://t.me/aoka_uz/10973

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>