Yangiliklar
AOKA va TDTga aʼzo mamlakatlar hamkorligida matbuot kotiblari uchun qo‘shma o‘quv-seminari o‘tkaziladi
  • 27.05.2024
  • 101

Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlarning o‘zaro serqirra hamkorlik munosabatlari axborot sohasida ham tobora kengayib, qo‘shma loyihalar ijrosida o‘z aksini topib bormoqda.

Joriy yilning 27-30 may kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston tomoni tashabbusi bilan AOKA boshchiligida hamda TDT ko‘magida davlat organlari va tashkilotlari ochiqligini taʼminlash, turli feyk va dezinformatsiyalarga birgalikda kurashish masalalari yuzasidan tajriba almashish maqsadida Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar vazirlik va idoralari matbuot kotiblarining “Axborot xizmatlari 2024: milliy va xorijiy tajriba” mavzucidagi qo‘shma o‘quv-seminari tashkil etilmoqda.

O‘quv-seminarida TDTga aʼzo mamlakatlardan 120 dan oshiq mutaxassis ishtirok etadi.

⇒ O‘quv-seminari doirasidagi tadbirlar, jarayonlar va yangiliklarni AOKAning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali kuzatib boring.

Poytaxtimizdagi “Tashkent International” mehmonxonasida Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar vazirlik va idoralari matbuot kotiblarining “Axborot xizmatlari 2024: milliy va xorijiy tajriba” mavzucida qo‘shma o‘quv-seminari o‘z ishini boshladi.

O‘quv-seminarini ochib bergan AOKA direktori A.Xodjayev ishtirokchilarni qutlar ekan, turkiy mamlakatlar bilan har tomonlama, shu jumladan, axborot sohasida aloqalarni rivojlantirish Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim jihatlaridan biri ekanligini taʼkidladi.

Tadbirda, shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti kotibi Almagul Serikbayeva, Ozarbayjon Audiovizual kengashi raisi Ismat Sattarov, Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligi Axborot qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalarni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Aksholpan Marat, Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekarlar ham so‘zga chiqib, qo‘shma-seminarning ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

O‘quv-seminari TDTga aʼzo mamlakatlarning Axborot xizmatlari faoliyati taqdimotlari bilan davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘quv-seminari doirasidagi tadbirlar 30 mayga qadar davom etadi.

Manba: https://t.me/aoka_uz/10965

https://t.me/aoka_uz/10966

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>