“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi guruhi tomonidan tuzilgan dastur asosida, “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi barcha podstansiyalarda ishlab kelayotgan xodimlarni o‘qitish va qayta tayyorlash, shuningdek, bilim hamda ko’nikmalarini yanada oshirish uchun o‘quv mashg‘ulotlari o’tkazilmoqda.
Misol uchun, Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari A.A.Nazirov tomonidan 2023-yil 27-fevral sanasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining AN–16-sonli bayonida belgilangan vazifalar asosida yaratilgan:
Aksiyadorlik jamiyati ishchi-xodimlari (muhandislar va elektr chilangarlari) uchun tashkil etilgan kasbiy mahorat va malaka oshirishga mo‘ljallangan VIDEODARSLAR VA TEST-SINOV MASHG‘ULOTLARI elektron platforma orqali taqdim etilayotgan videodarsliklar ishchi-xodimlarga e’tiboriga havola etilmoqda.
Navbardagi shunday mashg’ulotlarning so’nggida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori M.X.Pardayev tomonidan yangi mavzu yuzasidan mahorat darsi o‘tib berildi.
✍️ “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi guruhi
Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati