Ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Samara shahrida "Rossiya va О‘zbekiston energetik kompleksi uchun Elektroshit Samara tomonidan ishlab chiqarilayotgan uskunalarning ishonchliligini oshirish" mavzusida an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur konferensiyada Energetika vazirligi tasarrufidagi qator korxonalar rahbarlaridan tashkil topgan delegatsiya a’zolari ishtirok etmoqdalar. Axborot xizmatiga "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati "Farg’ona magistral elektr tarmoqlari" filiali direktori Sherzod Kamilov quyidagilarni ma’lum qildi:
– 81 yillik tarixga ega bo'lgan "Elektroshit Samara" kompaniyasi Rossiyaning eng yirik, yetakchi ekspert va sanoat kompaniyasi hisoblanib, yuqori texnologiyali elektr texnika uskunalar ishlab chiqarishga asoslangan. Kompaniyaning ustuvor yo'nalishlaridan biri — bu elektrotexnika mahsulotlarining yangi dizaynlarini ishlab chiqish va joriy etishdir. U Rossiyadagi yarim asrlik dizayn tajribasiga ega yagona korxona va o’zining umumiy ishlab chiqarishdagi yangi mahsulotlari 75 foiz ulushga ega. Ayni vaqtda kompaniyada 18 mingdan ortiq ishchi-xodim mehnat faoliyati olib bormoqda.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Ishlab chiqarilgan uskunalar Rossiya Federatsiyasining barcha energetika tarmoqlarida qo'llaniladi. Jumladan, neft konlarini va maxsus ob'ektlarni ta'minlaydigan podstansiyalarda, ko'mir konlarida va temir yo'llarning tortish podstansiyalarida, atom elektr stantsiyalarida, neftni qayta ishlash zavodlarida va minglab podstansiyalar shular jumlasidandir, – deydi mutaxassis.
21–24-may kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan "Rossiya va О‘zbekiston energetik kompleksi uchun Elektroshit Samara tomonidan ishlab chiqarilayotgan uskunalarning ishonchliligini oshirish" mavzuida an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiya bugun o‘z ishini yakunladi.
Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati