Yangiliklar
1-kun: Toshkent shahrida Markaziy Osiyo energetiklarining ishchi tartibdagi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi
  • 22.05.2024
  • 152

Avval xabar berganimizdek, 2 kun davomida,Toshkent shahrida Markaziy Osiyo elektr energetika sohasi mutaxassislarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Bugun, 2024-yil 22-may kuni 10:00 dan 10:30 qadar yig‘ilish ishtirokchilarini ro‘yxatga olish jarayoni bo‘lib o‘tdi va Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning 43-yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.

▶️  Batafsil

✔️ Eslatib o‘tamiz, xalqaro tadbirda Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston elektr energetika tashkilotlari vakillari, aniqrog‘i O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi “Milliy dispetcherlik markazi” DUK hamda “Energiya” dispetcherlik markazi rahbarlari hamda mutaxassislari ishtirok etishmoqda. Rossiya Federatsiyasi mutaxassislari kuzatuvchi maqomida.

⚡️ Tadbir mezboni — “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati.

 

 

Facebook  ‖ Instagram YouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>