Yangiliklar
MARKAZIY OSIYO ENERGETIKLARINING NAVBATDAGI KENGASHI TOSHKENTDA BO‘LIB O‘TADI
  • 21.05.2024
  • 89

Maʼlumki, 2023-yil 4–6-may kunlari Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning navbatdagi 41-yig‘ilishi hamda Markaziy Osiyo Muvofiqlashtiruvchi elektr energetika kengashining 39-yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Tadbirda Tojikistonning “Barki Tochik” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati xolding kompaniyasi Kengashning mezbonlik navbati rasman O‘zbekistonga o‘tganini bildirgan edi. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov, o‘z navbatida, Markaziy Osiyo elektr energetika tashkilotlarining navbatdagi majlisi 2023-yilning oktyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tishini eʼlon qilgandi.

Shuningdek, 2023-yil 25–26-oktyabr kunlari Samarqand shahrida Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning navbatdagi 42-yig‘ilishi hamda Markaziy Osiyo Muvofiqlashtiruvchi elektr energetika kengashining 40-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unga “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati mezbonlik qildi.

Eʼtiboringizga Markaziy Osiyo energetiklarining o‘tgan safargi yig‘ilishi haqidagi xabarlar havolasini taqdim etamiz:

uzbekistonmet.uzSamarqandda Markaziy Osiyo elektr energetika Muvofiqlashtiruvchi kengashining 40-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

mtrk.uzYangiliklar 24 | Markaziy Osiyo elektr energetika muvofiqlashtiruvchi kengashining 40-yig‘ilishi  #28oct  #uzbekiston24  

minenergy.uz25–26-oktyabr kunlari Samarqand shahrida Markaziy Osiyo energetiklarining navbatdagi kengashi bo‘lib o‘tadi

kun.uzSamarqandda Markaziy Osiyo elektr energetika Muvofiqlashtiruvchi kengashining 40-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

oz.sputniknews.uzSamarqandda Markaziy Osiyo energetiklari yig‘iladi — muhokama etiladigan masalalar

Xizmat safari hisoboti: Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning 41-yig‘ilishi hamda Markaziy Osiyo Muvofiqlashtiruvchi elektr energetika kengashining 39-yig‘ilishi

Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo energetiklari yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

В Таджикистане начал работу Центральноазиатский координационный электроэнергетический совет

В Душанбе проходит заседание энергетиков Центральной Азии

Dushanbe hosts a meeting of Central Asian power engineers

 

 

 ⇒ Eslatib o‘tamiz, 22–23-may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan xalqaro tadbirda O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston elektr energetika tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasi hamda “Energiya” muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etishmoqda. Rossiya Federatsiyasi mutaxassislari kuzatuvchi maqomida qatnashadi.

⚡️ Tadbir mezboni — “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati.

Ishchi tartibdagi yig‘ilishda Markaziy Osiyo mintaqasida 2023/2024-yil kuz-qish mavsumining sarhisobi, mavsumda amalga oshirilayotgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda ularning yechimlari atroflicha tahlil qilinadi. Shuningdek, 2024/2025-yil kuz-qish mavsumida Markaziy Osiyo elektr energetika halqa tizimida elektr taʼminoti barqarorligini taʼminlash uchun zarur amaliyotlar, kaskadli o‘chishlarning oldini olish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini elektr energetika tarmog‘iga ulash va ularni to‘g‘ri ekspluatatsiya qilish, shuningdek, 2024-yil vegetatsiya davrida suv resurslarini gidroinshootlar orqali oqilona boshqarish, yaʼni mintaqada suv resurslaridan oqilona foydalanish istiqbollari muhokama etilishi kutilmoqda.

 

Facebook  ‖ Instagram YouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>