⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarining Elektr uzatish havo liniyalari xizmati tomonidan nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.
Misol uchun, belgilangan rejaga muvofiq, Samarqand viloyati hududidan o‘tuvchi 220 hamda 500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlarida nazorat ko‘riklari o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish barobarida joriy va mukammal ta’mirlash ishlar olib borilmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan fotosuratlarda texnik-muhandislik nomi L-521 va L-510 bo‘lgan elektr tarmoqlaridagi ish jarayoni aks etgan.
✍️ «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali
Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube
«O‘zbekiston MЭT» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati