Bugun, 2024-yil 14-may kuni Tojikistonning «Shabakaxoi intikoli bark» kompaniyasi bosh direktori Mirzo Mahmudzoda boshchiligidagi delegatsiya hamda “O‘zbekiston MET” AJ rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ishchi tartibdagi muhandislik masalalari muhokama etilgan mazkur uchrashuvda “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisining maslahatchisi X.B.Elmurodov 500 kV kuchlanishli “Surxon” (O‘zbekiston) va “Regar” (Tojikiston) podstansiyalarining paralel ishlashi uchun amalga oshirilayotgan qurilish-montash, sozlash-tiklash ishlari haqida maʼlumot berdi. Shuningdek, mutaxassislar texnik kelishuv bayonnomasining ish jadvali amaliyotlarini muhokama etishdi.
Uchrashuvda, shuningdek, Energetika vazirligi huzuridagi «Milliy dispetcherlik markazi» DUK hamda “Energiya” muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi vakillari ham ishtirok etishdi.
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati