Yangiliklar
Diqqat, eʼlon! Qurilish-montaj ishlarni xavfsiz bajarish uchun 6 ta 35 kV kuchlanishli liniyalar vaqtincha tarmoqdan uzib turiladi
  • 19.04.2024
  • 131

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ "Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali shuni maʼlum qiladiki, ayni paytda Qarshi shahridagi 220/110/35/6 kV kuchlanishli “Qarshi” podstansiyasida modernizatsiya loyihasi bo‘yicha yangi o‘rnatilgan T-5 200 MVA quvvatli transformatorini ishga tushirish maqsadida, ochiq taqsimlash qurilmasidagi sim tortish ishlarini xavfsiz bajarish uchun, 2024 yil 20 aprel kuni soat 00:00 dan 06:00 gacha (isteʼmol hajmi keskin kamaygan tungi soatlarda) texnik-muhandislik nomi L-Janubiy-1-35, L-Janubiy-2-35, L-Xonobod-35, L-Do‘stlik-35, L-Qoraxitoy-35, L-Shimoliy-35 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlari vaqtincha tarmoqdan uzib turiladi.

⚡️ Isteʼmolchilardan yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

 

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>