«O‘zbekiston MET» AJ "Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali shuni maʼlum qiladiki, ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PQ–191-sonli qaroriga muvofiq qurilish-montaj ishlari Qashqadaryo viloyati hududida olib borilmoqda.
Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida yangi qurilayotgan 500 MVT bo‘lgan fotoelektr stansiyasi hamda Talimarjon IES 220 kV ochiq taqsimlash qurilmasini bog‘lovchi 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ining uzatgichlari Talimarjon GRES-110/10 kV dan chiquvchi, texnik-muhandislik nomi Jayron–1 va Jayron–2 bo‘lgan 10 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmog‘ining ustidan kesib o‘tganligi sababli, 2024-yil 23-mart kuni 08:00 dan 19:00 gacha 10 kV kuchlanishli Jayron–1 va Jayron–2 elektr uzatish tarmoqlari, belgilangan ishlarni xavfsiz bajarish uchun, vaqtincha tarmoqdan uzib turiladi.
⚡️ Isteʼmolchilardan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati