Kasaba uyushmasi
ENERGETIKLARNING FARZANDLARIGA O‘QUV QUROLLARI SOVG‘A TARZIDA TAQDIM ETILMOQDA
  • 09.09.2020
  • 1185

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida mehnat faoliyati olib borayotgan ko‘p ming sonli ishchi-xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e'tibor berilmoqda.

 

   Avval xabar berganimizdek, Jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi hamda filiallarning boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari tomonidan 2020/2021-yangi o‘quv yili boshlanish davrida 3 nafar va undan ko‘p maktab yoshidagi farzandlari bo‘lgan xodimlar ro‘yxati shakllantirilib, ishchi-xodimlarning birinchi sinfga boradigan bir nafar farzandiga o‘quv qurollari sovg‘a tarzida taqdim etilmoqda.

 

   «Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari» filiali kasaba uyushma qo‘mitasi 5 nafar farzandlari birinchi sinfga boradigan ishchi-xodimlarga o‘quv qurollari taqdim etildi.

 

   «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 61 nafar birinchi sinfga boradigan bolajonlarga 20 xil turdagi o‘quv qurollari jamlanmasi topshirildi.

 

   «Navoiy magistral elektr tarmoqlari» filiali boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 9 nafar ishchi-xodimlarga 17 xil o‘quv qurolari tarqatildi.

 

 

  «Xorazm magistral elektr tarmoqlari» filiali boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 3 nafar xodimlarning farzandlariga maktab uchun sumka va o‘quv qurollari tarqatildi.

 

 Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston MET» AJ ning 2019–2021-yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasining 7.9-bandida “...darsliklar va o‘quv qurollari qiymatini qoplash uchun moddiy yordam ajratiladi”, deb belgilangan.

Batafsil ma'lumotlar uzbekistonmet.uz veb-sahifasida: http://uzbekistonmet.uz/oz/

 

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>