Yangiliklar
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari bilan muhokamalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
  • 12.03.2024
  • 307

Bugun, 2024-yil 12-mart kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati kichik majlislar zalida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Yevroosiyo, Yaqin Sharq va Afrika bo‘yicha energetika bo‘yicha direktori Aida Sitdikova boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro moliya tashkiloti vakillarini “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov boshchiligidagi delegatsiya kutib oldi.

Ishchi masalalarga bag‘ishlangan uchrashuvda davomida bugungi kunda hamkorlikda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining holati, shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi energetika tizimi uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.

 

Investitsiya bosh boshqarmasi

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>