Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Karmana tumani elektr tarmoqlari filialiga besh marotaba og‘zaki murojaat qildim, o‘rganishga kelishmadi va bir qancha bahonalar keltirishdi...»
  • 12.03.2024
  • 260

Murojaat egasi: Bobomurotov Husniddin Faxriddin o‘g‘li, Navoiy viloyati.

Elektron pochta: bobomurodovhusniddin@gmail.com

Murojaat mazmuni: Men Navoiy viloyati, Karmana tumani, “Do‘stlik” mahalla fuqarolari yig‘ini, Maftunquli ko‘chasi, 10-a uyda istiqomat qilaman. Bizning hovlimizda elektr energiyasi kuchlanishi kam bo‘lgani uchun texnika vositalarimiz kuyishiga sabab bo‘lmoqda. Men Karmana tumani elektr tarmoqlari filialiga va masʼullarga besh marotaba og‘zaki murojaat qilganimda ham ular murojaatni o‘rganishga kelishmadi va bir qancha bahonalar keltirishdi. Ishchi guruh tuzgan holda, ishchi guruh bilan kelib, hovlimizning elektr tarmog‘ini tuzatib berishingizni so‘rayman.

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Husniddin Faxriddin o‘g‘li, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Matbuot xizmatiga, yo‘naltirildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

Maʼlumot o‘rnida: Isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy электр tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati tomonidan to‘ldirilib, yangilanib boriladigan het.uz veb-saytida “Isteʼmolchilar uchun” deb nomlangan bosh rukn tarkibida “Shaxsiy kabinet” — https://het.uz/oz/pages/view/personal_account, “Elektr energiyasining tijorat hisobi” — https://het.uz/oz/lists/view/38 kabi interaktiv ruknlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, Siz Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish agentligiga 1159 qisqa raqamlari orqali bog‘lanib, shikoyat qilishingiz mumkin. Murojaatda ko‘tarilgan masala, katta ehtimol bilan, mahallangizga o‘rnatilgan transformator ortiqcha yuklama bilan ishlayotgani, yaʼni meʼyordan ortiq isteʼmolchilar ulangani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin va, bu taxmin to‘g‘ri bo‘lsa, mutaxassislar elektr uskuna va jihozlarini amaldagi meʼyoriy talablarga muvofiq sozlab berishadi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>