Yangiliklar
Online: Magistral elektr tarmoqlari brigadalari noqulay ob-havo tufayli sodir bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etishmoqda
  • 17.02.2024
  • 85

Avval xabar berganimizdek, kecha, 2024-yil 16-fevral kuni 220 kV kuchlanishli «Fayziobod» va «Adolat» podstansiyalarini bo‘g‘lovchi L-A-F liniyasining 99- hamda 100-tayanch ustunlari simi yomg‘ir ortidan yoqqan qalin qor qoplamasi tufayli og‘irlashib, so‘ng kuchli shamol ta'sirida qulagan.

Ayni daqiqalarda "Toshkent magistral elektr tarmoqlari" filiali navbatchi brigadalari yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etishmoqda va buning uchun maxsus texnika va mexanizmlar jalb etilgan.

❗️Eslatib o‘tamiz, L-A-F liniyasida noqulay ob-havo tufayli sodir bo‘lgan  nosozlik iste'molchilar elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilishiga sabab bo‘lmagan.

⚡️ Mazkur liniya ikkita yoqori kuchlanishli podstansiyalar oralig‘ida bo‘lib, elektr ta'minoti tizimi ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi va iste'molchilar tarmog‘i bilan bo‘g‘lanmagan.

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>