Yangiliklar
“Turkmanenergo” davlat energetika korporatsiyasi raisi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
  • 14.02.2024
  • 105

Bugun, 2024-yil 14-fevral kuni “Turkmanenergo” davlat energetika korporatsiyasi raisi D. Elyasov boshchiligidagi delegatsiya hamda “O‘zbekiston MET” AJ rahbariyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Hamkorlik masalalari muhokama etilgan mazkur uchrashuvda “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisi D.Isaqulov tomonidan kuz-qish mavsumida Turkmanistondan uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berilayotganligi uchun minatdorlik bildirilib, yil yakuniga qadar belgilangan hajmdagi elektr energiyasi import amaliyotlari davom ettirilishi ma'lum qilindi.
 
Ishchi tartibdagi muhokamalarda O‘zbekiston hamda Turkmaniston energo tizimlarida investitsiya doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha fikr-mulohazalar almashinildi. Elektr tarmoqlaridagi modernizatsiya dasturi va istiqboldagi rejalarga bag‘ishlangan elektron taqdimot namoyish etildi.

▶️ Batafsil

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>