Yangiliklar
Prokuratura organlari tomonidan elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanishi yuzasidan 1037 ta jinoyat va 41 500 ta ma'muriy ish qo‘zg‘atilgan
  • 18.01.2024
  • 193

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov 2023-yilda Prokuratura organlari tomonidan qonun ustuvorligini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot berdi:

Prokuratura organlari tomonidan 2023-yilda mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta'minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish borasida  bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, qonun ustuvorligini ta'minlash maqsadida 160 mingga yaqin prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanildi, 394 ming nafar fuqaroning huquqlari  tiklandi.

40 mingdan ortiq noqonuniy hujjatlar prokurorlarning protestlari asosida qonunga muvofiqlashtirildi, tegishli  idoralarga  28  mingga  yaqin  taqdimnoma  kiritildi.

Qonun talablarini buzgan 66 mingga yaqin shaxs intizomiy va ma'muriy javobgarlikka tortildi, qo‘pol qonun buzilishi holatlari yuzasidan 8 mingdan ortiq jinoyat  ishi   qo‘zg‘atildi.

Tekshirishlar va tergov davomida jami 2 trln. 600  mlrd.  so‘m  zarar  undirildi.

Birgina, Yoqilg‘i – energiya resurslaridan oqilona foydalanish, noqonuniy ulanishlarni oldini olish borasida  53 mingga yaqin holatlar yuzasidan reyd tadbirlari o‘tkazilib, natijasiga ko'ra 1 ming 37 ta jinoyat va 41 ming 500 ta ma'muriy  ishlar  qo‘zg‘atildi. yetkazilgan zararning 581 mlrd so‘mi undirildi.

Misol uchun, Toshkent viloyatida yashovchi Raximov chet el fukarosi bilan birgalikda mayning faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanib, elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanganliklari oqibatida davlat manfaatlariga jami 1 mlrd. 545 mln. so‘m zarar yetkazishgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, aybdorlarga nisbatan jazo muqarrarligi ta'minlangan.

**************

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasi bo‘yicha ham nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

O‘rmon fondi yer uchastkalarini ijaraga berish bilan bog‘liq nazorat tekshiruvlari o‘tkazilishi natijasida 24 ta jinoyat, 61 ta ma'muriy va 39 ta intizomiy ishlar qo‘zg‘atilib, sudlarga 126 ta da'vo arizalari, korxona va tashkilotlarga 38 ta taqdimnomalar kiritildi. 1 ming 577 gektar noqonuniy egallangan yerlar o‘rmon fondi hisobiga qaytarildi.

Masalan, Toshkent viloyatidagi “Darxon” ilmiy-tajriba stansiyasi yer maydonlarining o‘rmon bilan qoplangan 30 gektarga yaqin qismi turli xo‘jalik yurituvchi subyektlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzoq muddatli ijaraga berib yuborilishi, rejalashtirilgan 31,9 mlrd. so‘m va 1 mln. AQSh dollar hajmidagi investitsiya loyihalari amalga oshirilmaganligi hamda 267 tup daraxt turli yo‘llar bilan nobud qilinib, tabiat olamiga jami 181 mln. so‘mlik moddiy zarar yetkazilganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

*****************

Madaniy merosni muhofaza qilish, asrash va undan oqilona foydalanish borasida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 302 ta taqdimnoma kiritilib, 488 nafar shaxs intizomiy, ma'muriy va moddiy javobgarlikka  tortildi, 55  ta  jinoyat  ishi  qo‘zg‘atildi.

Misol uchun, noqonuniy qazish ishlari olib borilganligi sababli Buxoro viloyati, Romitan tumanidagi 5 ta arxeologiya yodgorliklariga 292 mlrd. so‘m, Samarqand viloyati Urgut tumanidagi 1 ta arxeologiya yodgorligida 4 mlrd. so‘mlik zarar yetkazilganligi aniklangan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, aybdorlarga nisbatan jazo muqarrarligi ta'minlangan.

******************

Tadbirkorlikni qo‘llab - quvvatlash, ayniqsa, ular faoliyatidagi byurokratik to‘siqlarni oldini olish bo‘yicha muayyan ishlar amalga  oshirildi.

Jumladan, 24 ming 79 ta holatda tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuv va byurokratik  to‘sqinliklar  aniqlanib,  bartaraf  etildi, 11 ming 905 nafar tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklandi.

Tadbirkorlarning huquqlarini buzilishiga olib keluvchi 1 ming 253 ta qonunga zid hujjatlar bekor qilindi, 2 ming 310 nafar shaxslar intizomiy va ma'muriy javobgarlikka tortildi, tadbirkorlar manfaatini ko‘zlab sudlarga 22,6 mlrd. so‘mlik da'vo  arizalari  kiritildi.

Qo‘pol qonun buzilishi holatlari yuzasidan 135 ta jinoyat ishlari  qo‘zg‘atildi.

 

 

Qurilish sohasidagi davlat dasturlari ijrosi yuzasidan tizimli  nazorat  tadbirlari  tashkil  etildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida yangidan boshlangan obyekt uchun tayyorlangan 30 trln. so‘mlik loyiha - smeta hujjatlaridagi qimmat va asossiz hisoblangan 2 trln. 874 mlrd. so‘mlik ish turlari maqbullashtirilib, byudjetdan ortiqcha xarajat qilinishining oldi olindi.

Monitoringa olingan 17 ming 214  ta obyektning 16 ming 219 tasi foydalanishga  topshirildi va natijasida 1 ming 876 ta maktab, 414 ta maktabgacha ta'lim, 522 ta tibbiyot muassasalarida qurilish – ta'mirlash va jihozlar bilan ta'minlash ishlari olib  borildi.

Prokurorlarning mehnatlari bilan 2-sektorlardagi 163 mingdan ziyod ehtiyojmand oilaga har tomonlama  ko‘mak  ko‘rsatildi.

Qisqa muddatda mazkur oilalarning qariyb 96 foizi ehtiyojmandlar  ro‘yxatidan  ham  chiqarildi.

Sudlarda prokuror vakolatini ta'minlash bo‘yicha alohida prokurorlar korpusi shakllantirildi.

Xususan, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning qariyb 2 ming 500 nafar shaxsga oid qarorlari yoki bunday sud hujjatlarining deyarli 60 foizi aynan prokurorlar protestlari  asosida  qonunga  muvofiqlashtirildi.

Yagona sud amaliyotini shakllantirishda sudlarga ko‘maklashish maqsadida Oliy sud Plenumiga 40 ta taklif  kiritildi.

Tizimda qonunchilik tashabbusi asosida barcha sohalarda huquqni qo‘llashdagi muammolarni hal qilish, qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga alohida  e'tibor  qaratilmoqda.

O‘tgan yili o‘tkazilgan chuqur tahlillar natijasida mavjud muammolarni bartaraf qilish xususida tegishli instansiyalarga 500 dan ortiq axborot kiritildi, 60 dan ziyod qonun hujjati loyihalari tayyorlanib, ularning aksariyati amaliyotga joriy qilindi.

Xalq bilan ochiq muloqot, fuqarolarning dardu tashvishlariga malham bo‘lish, muammolarini joyida hal etish  prokurorlarning  kundalik  ishiga  aylandi.

O‘tgan yilda 260 mingdan ortiq fuqaroning murojaati bevosita prokuraturada hal etildi, 2 mlrd. so‘mlik ish haqi va boshqa to‘lovlar undirib berildi, 52 mingdan ortiq fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi.

Faoliyatimizda oshkoralikni ta'minlash, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan o‘tgan davrda, 145 mingta qonunchilik  targ‘iboti tadbirlari  amalga  oshirildi. Shundan 42 mingtasini ommaviy axborot vositalaridagi  chiqishlar  tashkil  qildi.

Prokuratura organlari faoliyatiga oshkoralik berish, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini keng targ‘ib qilish yuzasidan markaziy televidenieda 8 ming 611 ta chiqishlar  qilindi.

Prokuratura organlarining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari keng jamoatchilik uchun muhim axborot  manbaiga aylandi.

Ommaviy axborot vositalari xamda ijtimoiy tarmoklarda chiqarilgan tankidiy xabarlarga xam aloxida e'tibor karatildi.

Monitoring davomida prokuratura aralashuvi talab qiladigan jami 1 ming 78 ta tanqidiy materiallar aniqlangan. Ularning barchasi kurib chiqilib, tegishli munosabat va bayonotlar berilgan.

34 ta qo‘pol qonun buzilishi holatlari yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Misol uchun, 2023-yil aprel oyida Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi o‘rta ta'lim maktabida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda bir erkak ikki nafar ayol o‘qituvchilarga tan jarohati yetkazganligi xakida videoyozuv tarkalgan.

Mazkur holat prokuratura tomonidan nazoratga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi va aybdor shaxs konun oldida javob berishi ta'minlangan.

Kelgusida ham aynan shu yunalishda ommaviy axborot vositalari, jurnalist  va blogerlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytiramiz.

Manba: https://telegra.ph/Prokuratura-organlari-tomonidan-ehlektr-tarmo%D2%93iga-no%D2%9Bonunij-ulanishi-yuzasidan-1037-ta-zhinoyat-va-41-500-ta-mamurij-ish-%D2%9B%D1%9Ez%D2%93ati-01-18

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>