Yangiliklar
Energetika, texnologiya va qayta tiklanadigan energiya manbalari muhokamalari — “O‘zbekiston MET” AJ STOA fondi hamda Fransiya taraqqiyot agentligi delegatsiyalarini qabul qildi
  • 11.01.2024
  • 235

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari F.Qurbonov boshchiligidagi mutaxassislar Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) hamda 2017-yilda Caisse des Depôts va AFD tomonidan asos solingan STOA fondi delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuvdagi muhokamalarda qayta tiklanadigan energiya manbalari loyihalariga alohida e’tibor qaratgan holda istiqboldagi rejalar, strategik hamkorlik, texnologik yutuqlar, amalga oshirilayotgan loyihalar va ushbu yo‘nalioshdagi hamkorlik aloqalari atroflicha tahlil etildi.

Muhokamalar uchrashuvi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ hamda STOA fondi va Fransiya taraqqiyot agentligi faoliyatini har tomonlama ko‘rib chiqish bilan boshlandi. Tashkil etilgan kompaniyalar, so‘nggi yangiliklar va har bir tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan strategik yondashuvlar haqida muzokaralar olib borildi.

STOAning strategik sohalarda, xususan, Afrika, Lotin Amerikasi va Osiyo davlatlari hamjamiyatlarida uzoq muddatli hamkorlik tajribasiga ega egaligi alohida e’tirof etildi. Fond tomonidan mustahkam ESG tizimi (ekologik, ijtimoiy va boshqaruv), infratuzilma va energetika sohalaridagi loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga yondashuvi hamda ilg‘or texnologiyalarga alohida e’tibor qaratishi va global barqarorlik g‘oyalari asosida faoliyat yuritishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekistonning elektr energiyasiga bo‘lgan bugungi va istiqboldagi talabi keng muhokama qilindi. Tomonlar qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida hamkorlik va ilg‘or texnologiyalar integratsiyasiga e’tibor qaratib, ortib borayotgan talabni qondirishda hamkorlik kelishuvlarini muhokama qildilar.

✍️  Investitsiya bosh boshqarmasi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>