⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida tun-u kun faoliyat yuritadigan 65 ta navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.
Misol uchun, «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi podstansiyalar elektr qurilmalaridagi qizishlarni aniqlash va bartaraf etish uchun teplovizor ko‘rigi o‘tkazilib, elektr uzatish tarmoqlaridagi tayanch ustunlarining mustahkamligi, qushlar qo‘nishiga qarshi moslamalar va izolatorlarning holati navbatdan tashqari nazorat tekshiruvidan o‘tkazilmoqda.
✍️ «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali
Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati