Andijon viloyatida elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash hamda 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumida magistral elektr tarmoqlari elektr qurilmalarini barqaror ishlashini ta'minlash maqsadida, Prezidentimizning 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-72-sonli hamda 2022-yil 28-dekabrdagi PQ-459-sonli qarorlari ijrosini ta'minlash asosida Andijon viloyati Bo‘ston, Ulug‘nor, Baliqchi va Shahrixon tumanlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlashga qaratilgan, umumiy qiymati 253,4 mlrd. so‘mlik loyiha — Shahrixon tumanida 220/110/10 kVli "Saroy" podstansiyasining birinchi bosqichi qurilib, 1 dona 125 MVAli transformator ishga tushirildi.
Bajarilgan ishlar natijasida Bo‘ston, Ulug‘nor, Baliqchi va Shaxrixon tumanlarning elektr ta'minotidagi quvvat tanqisligi muammolari yechilib, 450 dan ortiq ijtimoiy soha, 3500 dan ortiq tadbirkorlar, 100 mingdan ortiq aholi xonadonlarini elektr energiyasi ta'minoti yaxshilandi hamda mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda yangi tadbirkorlik subyektlarini elektr energiyasi bilan ta'minlash imkoniyati yaratildi.
Shu kunga qadar Bo‘ston, Ulug‘nor, Baliqchi va Shaxrixon tumanlarning elektr ta'minoti 220/110/10 kV kuchlanishli "Xakan" podstansiyadan bo‘lgan. Ushbu podstansiya Andijon tumani Xakan sanoat hududida joylashgan bo‘lib, tarmoq uzunligi hisobiga elektr energiyasida texnologik sarf —yo‘qotishlar ko‘p bo‘lgan.
220/110/10 kVli "Saroy" podstansiyasini ishga tushishi natijasida 220/110/10 kVli "Xakan" podstansiyasining yuklamasini 100 MVt ga yengillashtirish, elektr energiyasida yo‘qotishlarni kamaytirish hisobiga Andijon shahri hamda Andijon, Asaka, Buloqboshi, Xo‘jaobod, Marhamat va Jalaquduq tumanlari iste'molchilarini elektr ta'minoti yaxshilandi.
Ma'lumot o‘rnida: Andijon viloyati Andijon tumanida “POWERCHINA” korporatsiyasi tomonidan quvvati 400 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurish ishlari boshlangan bo‘lib, loyihani 1-bosqichida, 2024-yil 1-aprel holatiga, 100 MVt quvvat bilan ishga tushirish hamda 2024-yil 30-noyabr holatiga to‘liq quvvat bilan ishga tushirish rejalashtirilgan.
Qurilish natijasida yiliga 700 mln.kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi, 212 mln. metr.kub tabiiy gaz iqtisod qilinadi. Atrof muhitga 294 ming.tonna chiqindi chiqishini oldi olinadi.
Ushbu quyosh fotoelektr stansiyasi ishlab chiqargan elektr energiyasini qabul qiluvchi podstansiyalar, yuklama baland bo‘lganligi sababli, qabul qilish imkoniyati bo‘lmas edi. Yangi qurilgan 220/110/10 kVli "Saroy" podstansiyasi ishga tushishi natijasida 220/110/10 kVli "Xakan" va "Yulduz" podstansiyalarni yuklamasi yengillashishi hisobiga quyosh fotoelektr stansiyasi ishlab chiqargan elektr energiyasini qabul qilish imkoniyati yaratildi.
Andijon viloyatining Bo‘ston va Ulug‘nor tumanlarida shu kunga qadar 110 kV kuchlanishli havo tarmog‘i va podstansiya bo‘lmagan. Keyingi yillarda “HET” AJ Andijon hududiy filiali tomonidan Bo‘ston tumanida 2x40 MVAli va Ulug‘nor tumanida 2x40 MVAli jami 2 dona 110/35/10 kV kuchlanishli podstansiyalar va 110 kV kuchlanishli havo tarmog‘i qurish rejalashtirilgan. Ushbu podstansiyalarni elektr ta'minoti yangi qurilgan 220/110/10 kVli "Saroy" podstansiyasidan ta'minlanadi.
Andijon viloyatining Bo‘ston va Ulug‘nor tumanlarining elektr ta'minoti yaxshilanadi hamda mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va yangi tadbirkorlik subyektlarini elektr energiyasi bilan ta'minlash imkoniyati yaratiladi.
Ma'lumot o‘rnida: Farg‘ona vodiysida 220 kV kuchlanishli podstansiya Sovet tuzimi davrida, 1985- yilda, Andijon viloyati Xonobod shahrida 220/110/10 kVli "Fozilmon" podstansiya qurib foydalanishga topshirilgan, ya'ni bundan 38 yil oldin qurib bitkazilgan.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yangi qurilgan 220/110/10 kVli "Saroy" podstansiyasi 2023-yil 17-noyabr kuni foydalanishga topshirildi.
⚡️ Yangi energetika ob'ektining rasmiy ochilish marosimida "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruvi raisi Dadajon Isaqulov hamda Andijon viloyati hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari Ibrohim Xolmatov ishtirok etdi. Qurilish-montaj ishlarida faol ishtirok etgan xodimlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati