OAV va jamoatchilik bilan ishlash
4 656 ta ko‘p qavatli uy kirish yo‘laklariga 49,1 mingta harakat datchikli lampa o‘rnatilishi natijasida bir sutkada 58,9 ming kVt soat elektr energiyasi iqtisod qilindi
  • 14.11.2023
  • 142

AOKAda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ko‘p qavatli uy-joylarda issiqlik ta'minotini yanada yaxshilash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi:

♦ 2023/2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida respublikadagi 5 593 ta ko‘p kvartirali uyni ta'mirlash rejalashtirilgan.

♦ Ta'mirlash ishlariga jami 280,5 mlrd so‘m (shundan, 182.8 mlrd so‘m respublika va mahalliy byudjet, 73,4 mlrd so‘m boshqaruv tashkilotlari, 24,2 mlrd so‘m homiylik) mablag‘lar ajratilishi belgilab olingan.

♦ 2 000 ta uyning 932 ming metr kvadrat tom qismi, 4 777 ta kirish yo‘laklari, 2 797 ta elektr taqsimlovchi shitlar, 1 599 ta uyning yerto‘la muhandislik kommunikatsiyalari, 1 228 ta ko‘p kvartirali uyning fasad qismini ta'mirlash hamda pod'ezdlarga 1 632 ta kodli qulfli eshiklar, 5 811 metr kvadrat framuga romlari va 2 898 ta energiya tejamkor sensor lampalar o‘rnatish rejalashtirilgan.

♦ Hozirgi kunga qadar 5 531 ta ta'mirtalab ko‘p qavatli uylar ta'mirlandi. 1 997 ta uyning tom qismi, 4 747 ta  kirish yo‘laklari, 2 681 ta elektr qutilari, 1 583 ta yerto‘la qismidagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari ta'mirlandi.

♦ Ishchi guruh tomonidan 2023-yilning 13-oktabr – 9-noyabr kunlari Toshkent shahar 12 ta tumanining 578 ta mahallasida 48 ta kichik ishchi guruhlar tashkil etgan holda ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha va boshqa obyektlar holati “mahallabay” o‘rganildi.

♦ Shuningdek, 6 317 ta ko‘p qavatli uy, ijtimoiy soha va boshqa ob'ektlarda aniqlangan 11 406 ta muammoli masalalar bartaraf etildi.

⇒  Batafsil

Telegram Facebook  |  Instagram  |  Youtube Mediabank


Manba: https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/39741

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>