Bugun, 2023-yil 26-oktabr kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkil etilgan Markaziy Osiyo elektr energetika Muvofiqlashtiruvchi kengashining 40-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Maʼlumot o‘rnida: Markaziy Osiyo energetika tizimlarining hamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish, yoqilgʻi-energetika resurslaridan kompleks foydalanishni taʼminlash, energetika sohasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida tuzilgan shartnomalarni amalga oshirish boʻyicha maslahat organi hisoblanadi.
Markaziy Osiyo elektr energetika Muvofiqlashtiruvchi kengashining 40-yig‘ilishi raisi hamda moderatori — “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Dadajon Aynaqulovich Isaqulov.
Shuningdek, elektr energetika sohasi rahbarlari yig‘ilishining kun tartibidan 2023-yilning vegetatsiya davrida suv resurslarini samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, energiya taqchilligi va yirik avariyalarning oldini olish, hamkorlikning istiqbolli rejalari, 2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar va ularning yechimlari tahlil qilinib, atroflicha muhokama etilmoqda.
Shu bilan birga, elektr energetika tarmog‘i dispetcherlari hamda mutaxassislarining dispetcherlik jadvaliga rioya qilish, dispetcherlarning malakasini oshirish va tajriba almashish masalalari muhokama qilinmoqda. Bundan tashqari, soha mutaxassislari o‘rtasida mashg‘ulotlar o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Utube ‖ Youtube‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati