Agentlik tomonidan davlat xaridlari sohasida o‘tkazib kelinayotgan o‘rganishlar jarayonida Parkent tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasining 1,28 mlrd so‘mlik, Yangiqo‘rg‘on tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasining 850,0 mln so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, mazkur davlat xaridlari raqobat va xolislik prinsipi, manfaatlar to‘qnashuvi, xarid komissiyasining huquq va majburiyatlari, Ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish shartlari va davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlarga zid tarzda amalga oshirilgan.
Manba: https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/38755
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati