Yangiliklar
500 kV kuchlanishli L-524 havo elektr uzatish tarmogʻida ta’mirlash-sozlash ishlari olib borildi
  • 19.09.2023
  • 174

2023/2024-yil kuz-qish mavsumida magistral elektr tarmoqlari obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlash boʻyicha zarur choralarni koʻrish, mavsumga tayyorgarlik yuzasidan “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi Qamchiq dovonidan o‘tgan 500 kV kuchlanishli L-524 havo elektr uzatish tarmogʻining 157–200-sonli tayanchlari oraligʻidagi metall konstruksiyali ustunlarga yashin qaytaruvchi moslamalarni (молниеотвод) oʻrnatish ishlari yakunlandi.

⚡️ Mazkur texnik-muhandislik amaliyoti “Fargʻona MET” filiali liniyalar xizmati Qo‘qon uchastkasi hamda “Toshkent MET” filiali liniyalar xizmati Angren uchastkasi xodimlari bilan birgalikda amalga oshirildi.

✍️ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali

 

‖  FacebookInstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>