Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.Aminov boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent shahrining Shayxontohur tumani aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energoresurslar bilan barqaror ta'minlash va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ahvolini o‘rgandi.
Shayxontohur tumani Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan mavsumda elektr tarmoqlarida avariya sodir bo‘lganda avariyaviy brigadalar va mashina mexanzimlarni shayligi bilan tanishildi.
Shuningdek, "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJga qarashli “Ozodlik” 220/110/10 kV podstansiyasi, “Katta xovuz” mahallasida joylashgan zamonaviy “Osten” rusumli gaz taqsimlash punkti, “Issiqlik markazi-3” qozonxonasi, “Hududgaz Poytaxt” GTFga qarashli “Markaziy omborxonasi” va “Bektemir” gaz taqsimlash stansiyasi faoliyati hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘rib chiqildi.
Korxonalar faoliyati bilan tanishish jarayonida ishlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Bosh prokuraturaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo‘ling!
Telegram | Instagram | YouTube | Veb-sayt
Manba: https://t.me/uzbprokuratura/30546
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati