Yangiliklar
Navoiy shahrida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda
  • 08.09.2023
  • 110

Ma’lumki, kecha 7-sentabr kuni Navoiy shahrida Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini boshladi. Unda «O‘zbekiston MET» AJ «Navoiy magistral elektr tarmoqlari» filiali ham faol ishtirok etmoqda.

⚡️ Sanoat yarmarkasida o‘nlab yirik sanoat korxonalari qatorida mamlakatimizning turli nuqtalaridan tashrif buyurgan yuzdan ziyod o‘rta va kichik biznes vakillari, tadbirkorlar ishtirok etishmoqda. Sanoat yarmarkasida ko‘plab shartnoma va bitimlar imzolanishi kutilmoqda. «O‘zbekiston MET» AJ mutaxassislari elektr qurilma va asboblarini mahalliy tadbirkorlar bilan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘z takliflarini bildirishmoqda.

✔️ Yarmarka faoliyatida Filial podstansiyalar xizmati boshlig'i N.Xikmatov, XEUX boshlig‘i F. Norov, Moddiy texnik ta‘minoti muhandisi Sh.Toirov hamda Yoshlar ittifoqi filial yetakchisi F.Sobirovlar ishtirok etishdi.

✍️ “Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali

Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>