O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5847-sonli "O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to'g'risida"gi farmonida oliy ta’lim mazmuni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish kabi ustuvor vazifalaridan qo‘yilgan.
⚡️ Energetika fakultetining o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Z.To‘ychiyev taklifiga binoan «O‘zbekiston MET» AJ «Farg‘ona magstral elektr tarmoqlari» filiali direktori Sh.Komilov bo‘lajak mutaxassislarga sohaga oid ish jarayonlari haqida ma‘lumot berib, magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar faoliyatiga bag‘ishlangan "mahorat darsi" o‘tib berdi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati