Maʼlumki, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufida 14 ta hududiy magistral elektr tarmoqlari, markaziy rele himoyasi va avtomatika xizmati, loyihalashtiruvchi, qurilish va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi funksional filiallar, shuningdek, 84 ta yuqori kuchlanishli podstansiya hamda 11 650 km dan ortiq 220–500 kV kuchlanishli magistral elektr uzatish havo liniyalari mavjud.
“O‘zbekiston MET” AJ filiallari va tarkibiy tuzilmalarida xo‘jalik ehtiyoji uchun ishlatiladigan elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvini asrash, undan samarali va oqilona foydalanish, resurslarni isrof qilmaslik masalalari targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etilgan bo‘lib, ushbu masalalar yuzasidan nazorat tabdirlari va o‘rganishlar muntazam ravishda olib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi “Aholining ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv xizmatlari bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-257-son Qarorining 4-bandi, v) xatboshi ijrosi yuzasidan filiallardagi suv bilan taʼminlangan bino-inshootlarga zamonaviy suv hisoblagichlarni o‘rnatish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.
Bundan tashqari, ichimlik suvi, tabiiy gaz va elektr energiyasi hisoblagichlari o‘z muddatida standart talablar nazoratidan o‘tkazilib, monitoring ishlari olib boriladi.
Maʼlumot o‘rnida: Ayni patda umumiy quvvati 590 kVt bo‘lgan kichik fotoelektr stansiyalari «O‘zbekiston MET» AJ energetika obyektlari hamda maʼmuriy binolari tomiga o‘rnatilgan quyosh panellari ichki ehtiyojni taʼminlash bilan birga tuman elektr taʼminot korxonasi tarmog‘iga ham elektr energiyasini uzatmoqda (sotmoqda). Shu bilan birga, maʼmuriy binolarida 12 ta — umumiy sig‘imi 1800 litr bo‘lgan quyosh suv isitish kollektorlari o‘rnatilgan bo‘lib, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi energetiklar beminnat issiq suv manbaidan ham samarali foydalanishmoqda.
Qahramon Qodirov, Elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati