⚡️ Bugun, 2023-yil 22-avgust kuni Qirg‘iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida MDH davlatlari Elektr energetika kengashining navbatdagi 62-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
✔️ Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining o‘rinbosari A.R.Jumanazarov, shuningdek, videoaloqa orqali «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ mutaxassislari ishtirok etdi.
Yig‘ilishni MDH davlatlari Energetika kengashining prezidenti, Rossiya Federatsiyasi energetika vaziri N.G.Shulginov ochib berdi. So‘ng MDH davlatlari EEK Ijroiya qo‘mitasi raisi T.V.Kupchikovning hisobot ma'ruzasi tinglandi.
✅ MDH energetiklari mintaqada yuzaga kelayotgan energiya taqchilligi muammolari va ularning yechimlarini tahlil etishdi
Kengash yig‘ilishining kun tartibida quyidagi masalalar muhokama etildi:
⏺ MDHga a'zo davlatlarning elektr energetika salohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hozirgi holati, statistik ma'lumotlar, muammolar, xavf-xatarlar va istiqbollarni tahlil qilish;
⏺ Rossiya Milliy qo‘mitasi tajribasi misolida Katta yevrosiyo hamkorligi doirasida elektroenergetika sohasida ilmiy va texnologik rivojlanishni boshqarishni muvofiqlashtirishning xalqaro tajribasi va amaliyotgan tatbiq etish mexanizmlari;
⏺ Energiya uskunalariga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish: "Energetika uskunalarini ta'mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish markazi" misolida Turkmaniston tajribasi;
⏺ MDHga a'zo davlatlarning energetika tizimlarining 2023\2024 yil-kuz-qish davridagi faoliyati, mavjud muammolar va ularning yechimlari.
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati