Yangiliklar
220 kV li «Sherobod» podstansiyasiga 250 MVA quvvatli avtotransformator o‘rnatilib, ishga tushirildi
  • 19.08.2023
  • 282

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarda 2023\2024-yil kuz qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, ya'ni magistral elektr tarmoqlari obyektlarida ta'mirlash-sozlash, qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.  

Surxondaryo viloyati iste'molchilari elektr ta'minoti ishonchliligini oshirish maqsadida 220 kV kuchlanishli «Sherobod» podstansiyasiga to‘la quvvati 250 MVA  bo‘lgan avtotransformator o‘rnatilib, 72 soat davom etadigan sinov muddatiga kuchlanish ostiga qo‘yildi.  

Amalga oshirilgan modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari mamlakatimiz generatsiya jarayonida hosil qilingan hamda qisman import qilingan elektr energiyasi taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish imkoniyatlarini oshirib, magistral tarmoqlar barqaror faoliyatini ta'minlaydi.  

Bajarilayotgan modernizatsiya ishlari natijasida viloyatning Qumqurg‘on, Jarqo‘rg‘on, Bandixon, Boysun, Sho‘rchi, Qiziriq, Sherobod va Oltinsoy tumanlari hamda suv xo‘jaligi tizimidagi «Sherobod nasos stansiyasi»ning (quvvati 4x7,5 MVt) elektr ta’minoti yanada yaxshilandi.

Veb-sahifa ‖  FacebookInstagramTwitterYoutube

 

https://t.me/kursivuz/16078

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>