Yangiliklar
Sirdaryo va Jizzax viloyati isteʼmolchilarining elektr taʼminoti ishonchliligi oshirilishi uchun 220 kV kuchlanishli raqamli podstansiya qurilmoqda
  • 15.08.2023
  • 512

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-dekabrdagi PQ-459-sonli qaroriga asosan “Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi”dan 220 kV kuchlanishli havo liniyasini va 220 kV kuchlanishli “Zafarobod” nimstansiyasini qurish” investitsiya loyihasi amalga oshirilmoida. Loyiha doirasida 2x144 km, jami 288 kilometr uzunlikka ega 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i hamda 500 MVA to‘la quvvatga ega 220 kV kuchlanishli podstansiya qurilmoqda.

 

 

Loyiha ikkiga, yaʼni yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari qurish va raqamlashtrilgan podstansiya qurish qismlariga ajratilgan bo‘lib, u Sirdaryo viloyatining Shirin va Yangiyer shaharlari, Xovos tumani hamda Jizzax viloyatining Zomin, Paxtakor, Sharof Rashidov, Zarbdor va Forish tumanlari hududida amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha 2021-yilda boshlangan bo‘lib, 2024-yilning dekabr oyida yakunlanishi rejalashtirilgan.

 

 

Amalga oshirilgan ishlar quyidagilardan iborat:

220 kVli raqamli “Zafarobod” podstansiyasi qismi bo‘yicha: loyihani “tayyor holda topshirish” (“pod klyuch”) sharti asosida o‘tkazilgan xalqaro tender natijalariga ko‘ra 2021-yil 20-oktabrda Bosh pudratchi “Shanghai Electric Group Co.,Ltd.” (Xitoy) kompaniyasi bilan shartnoma imzolangan. Hozirgi kunda Bosh pudratchi tomonidan uskuna va jihozlarni yetkazib berish hamda qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda.

2x144 km uzunlikdagi 220 kVli “Sirdaryo IESdan 220 kV raqamli “Zafarobod” podstansiyasigacha havo liniyasini qurish bo‘yicha: loyihani “tayyor holda topshirish” sharti asosida o‘tkazilgan xalqaro tender natijalariga ko‘ra 2021-yil 23-noyabrda Bosh pudratchi “Sinohydro Corporation Limited” (Xitoy) kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi. Hozirgi kunda Bosh pudratchi tomonidan uskuna va materiallarni yetkazib berish hamda qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda.

 

 

Eʼtiboringizga uzbekistonmet.uz veb-sayti sahifalarida eʼlon qilingan mavzuga taalluqli xabar va maʼlumotnomalar havolasini taqdim etamiz:

14.08.2023 — “Sirdaryo IES”dan 220 kV li havo liniyasini va 220 kVli “Zafarobod” nimstansiyasini qurish” investitsiya loyihasi haqida

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/4243

 

10.04.2023 — Xorijiy hamkorlar bilan muhokamalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3789

 

07.02.2023 — Sirdaryo va Jizzax viloyatlari iste’molchilarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida yuqori kuchlanishli birinchi raqamli podstansiya va elektr uzatish tarmog‘i qurilmoqda

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3471

 

 

07.11.2022 — Energetika vazirligida Osiyo taraqqiyot banki delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2957

 

30.06.2022 — Xalqaro tender natijalariga ko‘ra 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini qurish bo‘yicha shartnoma bitimi imzolandi

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2503

 

16.01.2022 — Energetika vazirligi Matbuot-shtabi: Yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalarda raqamli texnologiyalar tarixi va istiqboldagi rejalar

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1827

 

23.11.2021 — Tenderga taklif: 220 kV li “Sirdaryo IES”dan “Zafarobod” podstansiyasigacha bo‘lgan elektr uzatish tarmog‘i bo‘yicha xalqaro tender savdolarini e'lon qiladi

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1613

 

28.10.2021 — Energetika vazirligi: O‘zbekistonda birinchi yuqori kuchlanishli raqamli podstansiya quriladi

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1515

 

04.06.2021 — «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Osiyo Taraqqiyot Banki ishtirokida qurilayotgan 220 kV kuchlanishli — raqamli “Zafarobod” nimstansiyasini qurish bo‘yicha Bosh pudratchini aniqlash uchun tanlov yakunlanish muddati uzaytirildi

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1085

 

13.04.2021 — «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Osiyo Taraqqiyot Banki ishtirokida qurilayotgan yangi yuqori kuchlanishli 220 kV raqamli “Zafarobod” nimstansiyasini qurish bo‘yicha Bosh pudratchini aniqlash uchun tanlov e'lon qiladi

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/943

 

09.04.2021 — Jizzax viloyatida yangi, zamonaviy va raqamli boshqaruv tizimiga ega 220 kV kuchlanishli “Zafarobod” podstansiyasi quriladi

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/930

 

 

 08.04.2021 — “O‘zbekiston MET” AJ tomonidan 2021 yilning I choragida amalga oshirilgan investitsion loyihalar hamda qurilish-montaj va modernizatsiya-rekonstruksiya dasturlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar xususida maʼlumot

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/925 

 

 

 

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>