Yangiliklar
Magistral elektr tarmoqlari tasarrufidagi radiorele aloqa qurilmalari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda
  • 14.08.2023
  • 234

Maʼlumki, elektr taʼminoti obyektlarida radioaloqa va bosh turdagi aloqa vositalari barqaror faoliyat yuritishi lozim. «Namangan MET» filialida «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari A.Nazirov tomonidan 2022-yil 30- dekabrda tasdiqlangan «2023-yil uchun magistral aloqa tizimlariga doimiy xizmat ko‘rsatish ishlarini takomillashtirish» to‘g‘risidagi topshirig‘iga binoan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Misol uchun, «Tarmoq jadvali»ga muvofiq, Filialning «Sardor» podstansiyasi hududida joylashgan, 50 metr balandlikka ega radiorele aloqa qurilmasi 2728-sonli talabnomaga asosan “Elektromagnit moslashuv markazi” hamda Filial aloqa bo’limining malakali xodimlari ishtirokida nazorat ko‘rigidan o’tkazildi va tegishli tartibda servis xizmatlari ko‘rsatildi.

✍️ «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali

FacebookInstagramYoutube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>