Yangiliklar
“ENERGO-IT” filiali mutaxassislari “Namangan MET” filiali aloqa va himoya uskuna-jihozlarining texnik-muhandislik holatini o‘rganishdi
  • 10.08.2023
  • 198

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbaryatining topshirig‘iga binoan, korxona hamda podstansiyalardagi rele himoyasi va aloqa uskunalarning holatini o‘rganib chiqish hamda dispetcherlik texnologik boshqaruv vositalarini inventarizatsiyasini o‘tkazish maqsadida 2023-yilning 8-9- avgust kunlari «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filialiga qarashli bo‘lgan “Sardor”, “Qizil-rovot” hamda “Obi-hayot” podstansiyalaridagi uskuna-jihozlar holati qayta ko‘rikdan o‘tkazildi.

“ENERGO-IT” filialining 2023-yilning 7-avgustdagi 02-34-13/293-sonli xatiga asosan OT va YUCHAT sektor boshlig‘i V.Mirzaev va MAB muhandisi Q.O‘raqov “Namangan MET” filialidan RX va ES boshlig‘i R.Sharipov, DTBVX boshlig‘i A.Hamidullaevlar tomonidan o‘tkazilgan amaliyotda ekspluatatsiyaga yaroqli va yaroqsiz uskuna-jihozlar sinovdan o‘tkao‘zilib aniqlanib, tegishli tartibda dalolatnomalar tuzildi.

“Namangan MET” filiali aloqa xodimlari ushbu tekshiruv jarayonidan so‘ng “ENERGO-IT” filiali malakali xodimi V.Mirzaev tomonidan Filial podstansiyalariga modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari natijasida o‘rnatilgan yangi aloqa uskunalarining ishlatish tartibi to‘g‘risida tushinchalar berildi.

«Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>