Yangiliklar
500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻida eski izolyatorlarni zamonaviylariga almashtirish ishlari olib borildi
  • 01.08.2023
  • 168

2023-yil 29-iyul kuni «Namangan MET» filiali tasarrufidagi 500 kV kuchlanishli, texnik nomi L-524 bo‘lgan elektr uzatish havo tarmogʻining «QAMCHIQ» dovoni hududidan o‘tgan 74,1 km qismidagi tayanch ustunlari bo‘ylab nazorat ko‘rigi olib borildi.

Shuningdek, 2676-sonli talabnoma asosida bajarilgan ishlar jarayonida 2023/2024-yil kuz-qish mavsumiga magistral elektr tarmoqlari obyektlarini tayyorlashga doir joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Ta’mirlash jarayonida eski izolyatorlarni zamonaviy rusumdagi LK-160/500-A-3 polimerli izolyatori bilan almashtirish hisobiga liniyalardagi favqulotda o‘chishlarning oldini olish hamda havo tarmog‘ining barqaror ishlash darajasi yanada oshirildi.

«Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>