2023-yil 29-maydan 3-iyungacha Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida tashkil qilingan Korea Respublikasidagi “Energetika sohasini raqamlashtirish va ilg‘or energiya texnologiyalari” seminarida boshqaruvi raisi o‘rinbosari F.M. Qurbonov boshchiligidagi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati xodimlaridan tashkil topgan maxsus guruh ishtiroki ta’minlandi. Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasida energetika sohasidagi maqsadlarni yanada muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida hozirgi kundagi dolzarb mavzular va zamonaviy yechimlar o‘rganildi. Trening yakunida barcha ishtirokchilarga seminarda ishtirok etganliklarini tasdiqlovchi sertifikatlar topshirildi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati