Yangiliklar
ENERGOTIZIMDA YIRIK TALAFOT KELTIRISHI MUMKIN BO‘LGAN BAXTSIZ HODISALAR HAMDA JIDDIY IQTISODIY ZARARLARNING OLDI OLINMOQDA
  • 21.07.2023
  • 273

 ...mantiqiy xulosa shuki, elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste'mol qilish o‘rtasida energiya balansi (!) muntazam ravishda ta'minlanishi lozim. Sohaning bunday o‘ziga xos sharti iste'molchilarga sifatli elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berish va energiya tizimining uzluksiz ishlashini ta'minlash nuqtai nazaridan juda muhim ahamiyatga egadir.

Bir so‘z bilan aytganda, muvozanat saqlash tizimning ishonchli faoliyatining kafolati hisoblanadi. Shunga ko‘ra tizim dispetcheridan juda qisqa vaqtda keskin chora ko‘rish talab etiladi.

Elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojning keskin ortishi (yozda jazirama issiq mavsumidagi yoki qahraton qish mavsumidagi sovuq ob-havoda) kuzatilgan paytda hatto rivojlangan mamlakatlarda ham iste'mol va ishlab chiqarish o‘rtasidagi energiya balansini ta'minlash juda qiyin vazifa bo‘lib qolmoqda.

Bunda katta avariyalarni  va butun mamlakatda hamma iste'molchilarni o‘chishini oldini olish uchun elektr energiyasi ta'minotida cheklovlar joriy etilishiga majburan olib keladi. Dispetcherlik markazi tomonidan energotizimda muvozanat saqlash jarayoni o‘z vaqtida ta'minlamasa, tizimdagi «zo‘riqish» turli yirik avariyalarga sabab bo‘lib, katta-katta hududlarda uzoq vaqt elektr energiya bo‘lmasligiga sabab bo‘ladi.

✅ Agar iste'molchilar elektr energiya tizimidagi barcha resurslardan oqilona foydalanmasa va bu orqali energotizimda muvozanat ta'minlanmasa, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tashkilotlarining dispetcherlari o‘z faoliyatidagi tartibga muvofiq cheklovlar o‘rnatadi. Agar bu muvozanat hududiy nazoratchilar tomonidan amalga oshirilmasa, ya'ni ma'lum jadvalga asosan cheklovlar o‘rnatish orqali muvozanat saqlay olinmasa yoki ular tomonidan markaziy dispetcherlik boshqaruvi ko‘rsatmalariga amal qilinmasa, energotizim xavfsizligini ta'minlash nuqtai nazaridan yuqori kuchlanishli elektr liniyalari tarmoqdan vaqtincha uzib qo‘yiladi. Aniqrog‘i, bunday amaliyot qo‘llanilishiga majbur bo‘linadi.

‼️   Agar hududiy dispetcherlar ma'lum jadval tartibiga asosan, tegishli texnik-muhandislik qoidalariga binoan past kuchlanishli elektr tarmoqlarida energotizim balansini ta'minlasa (0,4 kV, 6-10 kV), Markaziy dispetcherlik boshqaruvida favqulotda qaror qabul qilinishiga hojat bo‘lmaydi.

   ❗️ Belgilangan cheklovlar hududiy elektr tarmoqlari tomonidan bajarilmagan taqdirda tizimdagi yirik avariyalarning oldini olish uchun (35 kV va 110 kV) Milliy dispetcherlik markazi tomonidan katta hududlar elektr ta'minotidan uzib qo‘yiladi. Bu amaliyot hukumat tomonidan tasdiqlangan elektr energiya xavfsizligi qoidalariga binoan amalga oshiriladi. Natijada, yirik talafot keltirishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalar hamda jiddiy iqtisodiy zararlarning oldi olinadi.

Batafsil

DISPETCHER ELEKTR TA’MINOTINI UZMASA NIMA BO‘LADI? yoxud tizimidagi yirik avariyalarning asosiy sabablari

ДИСПЕТЧЕР ЭЛЕКТР ТАЪМИНОТИНИ УЗМАСА НИМА БЎЛАДИ? ёхуд тизимидаги йирик аварияларнинг асосий сабаблари

ПРИЧИНЫ ВОЗНИКНОВЕНИЯ АВАРИЙ В СИСТЕМАХ ЭЛЕКТРОСНАБЖЕНИЯ

 

https://t.me/SamHETK/11126

https://t.me/Otabek/8619

https://t.me/Otabek/8620

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>