Yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyatida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi yangi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
  • 18.07.2023
  • 301

2023-yilning 18-iyul kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) O‘zbekistondagi yangi rahbari, janob Alkis Drakinos o‘rniga kelgan janob Andi Aranitasining tayinlov munosabati bilan Bankning Markaziy Osiyo boʻyicha boshqaruvchi direktori Jujanna Hargitai boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuvda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati janob Alkis Drakinosga o‘z minnatdorchiligini bildirib, uning hamkorlikda amalga oshirilgan loyihalarga qo‘shgan hissasi ta'kidlab o‘tildi.

Xususan, uchrashuv doirasida aksiyadorlik jamiyati rahbariyati va bank vakillari ikki tomonning investitsiya faoliyati doirasidagi hamkorligi istiqbollariga oid bir qator muhim masalalarni, xususan, “Yo‘l Xarita” shartnomalarini imzolash masalalarini diqqat bilan ko‘rib chiqildi.

https://uza.uz/ - Investitsiya bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>