Yangiliklar
Germaniya 2023-yilning dastlabki besh oyida 4,97 GVt quvvatga ega yangi quyosh fotoelektr stansiyalarini ishga tushirdi
  • 25.06.2023
  • 370

Faqatgina may oyida mamlakatning yangi quyosh fotoelektr stansiyalari quvvati 1040 MVtni tashkil etdi. Shu bilan Germaniyada quyosh fotoelektr stansiyalari quvvati 72,5 GVtga yetdi.

Germaniyaning Federal tarmoq agentligi (Bundesnetzagentur) may oyida 1040 MVt quvvatga ega yangi quyosh fotoelektr stansiyalari tizimlari ro‘yxatga olinganligini xabar qildi. Yangi o‘rnatilgan quyosh fotoelektr stansiyalari quvvati 2022-yil may oyida 548 MVtga yetgan bo‘lsa, joriy yil aprel oyidan boshlab yangi o‘rnatilgan stansiyalar quvvati 881 MVtni tashkil etgan va bu sezilarli o‘sishni ko‘rsatadi.  

Joriy yilning dastlabki besh oyida yangi o‘rnatilgan quyosh fotoelektr stansiyalari quvvati 4,97 GVtni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 2,65 GVtga ko‘pni tashkil etgan.

May oyining oxiriga kelib, Germaniyaning jami o‘rnatilgan quyosh fotoelektr stansiyalari quvvati 72,5 GVtga yetdi. 2030-yilda quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha 215 GVt quvvatga erishish uchun mamlakat har oy kamida 1,55 GVt yangi quyosh energiyasini qo‘shishi kerak.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

 

Manba: https://t.me/minenergy_uz/8262

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>