Yangiliklar
AXBOROT XIZMATI: Aksiyadorlik jamiyati faoliyatining ochiqligi hamda shaffofligi ta'minlanmoqda
  • 20.06.2023
  • 369

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta'minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6247-sonli Farmoni (shu yo‘nalishda qabul qilingan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ham) «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati tomonidan ijro etilmoqda. Farmon ijrosini ta'minlash maqsadida Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi tomonidan 2021-yil 22-iyunda imzolangan 196-sonli buyruq mas'ul xodimlar tomonidan ijro etilmoqda.

Xususan,

☑️ Farmonning 7a-bandi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar:

1️⃣ "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJning uzbekistonmet.uz veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari (Telegram, Facebook, Twitter, Instagram, Odnoklassniki.ru, Utube, Youtube) orqali Aksiyadorlik jamiyati faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlashga qaratilgan: Tahliliy maqolalar, rasmiy bayonotlar, o‘tkazilgan matbuot anjumanlari va brifinglarda yangragan savollarga javoblar; Asosiy ish vazifasi — yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali generatsiya jarayonida hosil qilingan hamda qisman import qilingan elektr energiyasi taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), magistral elektr tarmoqlari obyektlarida ta'mirlash-sozlash, qurilish-montaj, loyihalashtirish, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarishga oid axborotni yoritish; Aksiyadorlik jamiyati rahbarining intervyulari, xizmat safari va xorijiy hamkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv tafsilotlari, shuningdek, xaridlar hamda tenderlar haqidagi e'lonlar; Asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, bo‘sh ish o‘rinlari, suhbat asosidagi tanlov orqali ishga qabul qilish jarayonlari, xizmat safari va mehmonlarni qabul qilish xarajatlari; Xizmat avtomototransport vositalari haqidagi ma'lumotlar; Tashqi qarz, moliya va buxgalteriya hamda Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlariga oid ma'lumotlar hisobot jadvallari shaklidagi ilovalar orqali OAV vakillari hamda keng jamoatchilik e'tiboriga havola etilmoqda.

2️⃣  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning +998 55 500-5545 maxsus aloqa telefoni — Call sentr, Axborot xizmati raqami 71-236-6035 (matbuot kotibi), ISHONCH RAQAMI, ya'ni fuqarolar murojaati uchun maxsus telefon raqami +998 71-208-56-46, «O‘zbekiston MET» AJ faoliyatida korrupsiya holatlari aniqlanganda bog‘lanish uchun maxsus raqam: +998-71-208-5649, bundan tashqari, Devonxona (kanselyariya) +998 71-236-6226 raqamlari (faqat rasmiy xatlar yuzasidan) hamda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruv raisining yordamchisi 71-236-56-22 telefon raqamlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, «Xalq qabulxonasi» ruknida Jamiyat boshqaruvi raisi va o‘rinbosarlarining qabul kunlari, qabul qaydnomasiga yozilish uchun telefon raqamlari e'lon qilingan.

3️⃣  Jamiyatning veb-saytida «FUQAROLAR MUROJAATI» nomli rukn tashkil etilgan bo‘lib, unda internet foydalanuvchilari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita muloqotga kirishish imkoniyatiga. Kelib tushgan murojaatlarning barchasiga javob berilib, murojaatlar mazmuni va bildirilgan munosabatlar matni veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida muntazam ravishda e'lon qilib borilmoqda.

Bundan tashqari, uzbekistonmet.uz veb-saytida bo‘sh ish o‘rinlariga salohiyatli kadrlarni jalb qilish hamda ishga qabul qilish jarayonini shaffofligini ta'minlash maqsadida “Onlayn rezyume”  va “Onlayn maslahatchi” elektron dasturlari joriy qilingan.

4️⃣  Shuningdek, Aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-saytiga: 16 ta O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari; 37 ta Prezident Qarorlari; 21 ta Prezident Farmonlari; 24 ta Vazirlar Mahkamasi qarorlari; 11 ta Normativ hujjatlar; 2 ta Xalqaro hujjatlar va bir nechta Yo‘riqnoma hamda Nizomlar o‘zbek tili kirill va lotin grafikasida, rus tilida hamda qisman ingliz tilida joylashtirilgan. Shu bilan birga, muhokamadagi qaror loyihalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havolalar berilgan bo‘lib, veb-saytning «Yangiliklar» ruknidagi maqola, e'lon va ma'lumotnomalarda huquqiy axborot (Adliya tizimidagi yangiliklar) berib boriladi.

5️⃣  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Monitoring markazi tomonidan taqdim etilgan materiallar tahlili, mediamakondagi negativ ma'lumotlarga tegishli tartibda munosabat bildirish amaliyoti muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.

6️⃣  uzbekistonmet.uz — Magistral elektr tarmoqlari filiallari haqidagi ma'lumotlar (filial manzili, asosiy ish faoliyati, bog‘lanish uchun telefon raqamlari, filial rahbarining ism-sharifi) xarita shaklidagi infografikaga joylashtirilgan.

7️⃣  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Axborot xizmati tomonidan Ochiq ma'lumotlar portaliga Aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga taalluqli ma'lumotlarni joylashtirish amaliyoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019-yil 9-apreldagi PQ-4273 sonli qarorining tegishli bandlariga muvofiq 2019-yil oktabr oyidan boshlab amalga oshirilmoqda. 2021-yil 15-iyul sanasidan boshlab Ochiq ma'lumotlar portaliga Farmonda belgilab berilgan tartibdagi ma'lumotlar yuklanib, hisobotlar o‘z vaqtida taqdim etilmoqda.

Shuningdek, Aksiyadorlik jamiyati faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlashda fotovideo hamda infografika mahsulotlaridan keng foydalanilmoqda.

☑️  Farmonning 4-bandi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar:

Shu bilan birga, Aksiyadorlik jamiyati veb-saytida «Aksiyadorlar uchun» nomli rukn  va uning tarkibida quyidagi nimruknlar: “Boshqaruv va nazorat organlari” — 6 ta kichik ruknlar; “Ochiq axborotlar” — 6 ta kichik ruknlar va “Ichki hujjatlar” — 3 ta kichik ruknlar tarkibida Jamiyatning Ustav fondi, Kuzatuv kengashi, Taftish komissiyasi, Boshqaruv a'zolari, Korporativ boshqaruv kompleksi, Ichki nizom, Biznes-reja, Emitent hisobotlar, Dividend to‘lash, Qimmatli qog‘ozlar, MHXS — Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, Auditorlik xulosasi, Korporativ boshqaruv kodeksi, Muhim faktlar kabi bo‘lim ma'lumotlari mavjud.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, «O‘zbekiston MET» AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga rioya etish, Prezident qaror va farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari, shuningdek, Energetika vazirligi buyruq hamda ko‘rsatmalariga amal qilgan holda Aksiyadorlik jamiyati faoliyatining ochiqligi va shaffofligi ta'minlanmoqda.

 

✍️ Ulug‘bek Urunov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi

‖ Veb-sahifa: https://www.uzbekistonmet.uz/

‖ Telegram: http://t.me/uzmetaxborotxizmati

‖ Facebook: https://www.facebook.com/elektrtarmoq

‖ Instagram: https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz

‖ Twitter: https://twitter.com/uzbekistonmet

‖ Odnoklassniki: https://ok.ru/group/61026265792660

‖ Utube: https://utube.uz/ru/users/7208

‖ Youtube https://www.youtube.com/channel/UC6cRpsasTIKnReaCXXqccdg

‖ VIDEODARSLAR VA TEST SINOV MASHG`ULOTLARI: https://t.me/+Pz1qHR0W8mYzNmZi

‖ Korrupsiyaga qarshi kurash: https://t.me/+qCweNscaSEhlNGM6

Elektron pochta: info@uzbekistonmet.u  

E-xat: uzbekiston_met@exat.uz

☎️ Call centre raqami: +998 (55) 500-5545  

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>