2023-yil 30-may sanasida “Xavfsizlik texnikasi kuni” tadbirlarini o‘tkazish yuzasidan imzolangan 93-sonli buyruq ijrosi “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori M.X.Pardayev tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan Samarqand viloyatida joylashgan barcha yuqori kuchlanishli podstansiyalarda yuqori malakali mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilmoqda. 220 hamda 500 kV kuchlanishli podstansiyalarda xizmat vazifasini olib borayotgan muhandis va elektr montyorlari uchun mavjud texnik-muhandislik ko‘nikmalarni takrorlash, tahlil va nazorat qilish, ishchi-xodimlarning malakasini oshirish ishlari olib g‘oyat muhim masala hisoblanadi.
Bugun, 2023-yil 13-iyun kuni “Samarqand MET” filiali bosh muhandisi o‘rinbosari J.Xalimov, Kasaba uyushma qo‘mita raisi B.Elmurodov, Ishlab chiqarish texnik guruhi yetakchi muhandisi Sh.Turdiyev hamda Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi guruhi yetakchi muhandisi A.Safarov, shuningdek, Podstansiyalar xizmati boshlig‘i A.Yakubov, Podstansiyalar xizmati yetakchi muhandisi A.Normurodovlar ishtirokida Filial tarkibiga kiruvchi podstansiyalar hamda barcha tarkibiy bo‘linmalarda “Xavfsizlik texnikasi kuni” tadbirini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
Aniqlangan kamchilik bartaraf etilib, malakali mutasassislar hamkasblari bilan o‘z bilim-tajribasidan kelib chiqqan tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.
“Samarqand MET” filiali Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi guruhi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati